Maxfiylik siyosati
Ushbu siyosat SavdoMarkaz ilovasi va saytida qaysi ma'lumotlaringiz yig'ilishi, nima uchun ishlatilishi va qanday himoyalanishini tushuntiradi.
Qanday ma'lumotlar yig'iladi
- Telegram orqali kirishda: Telegram ID, ism, familiya, foydalanuvchi nomi va profil rasmi.
- Siz kiritgan ma'lumotlar: telefon raqami, yetkazib berish manzillari va xaritadagi joylashuv, mahsulotlar va ularning rasmlari, buyurtmalar.
- Qurilma ma'lumotlari: qurilma turi va nomi, ilova versiyasi, IP manzil va tanlangan til. Ular hisobingizga kirilgan qurilmalar ro'yxati va xavfsizlik uchun saqlanadi.
Ma'lumotlar nima uchun ishlatiladi
- Hisobingizga kirish va uni himoyalash.
- Buyurtmalarni rasmiylashtirish va yetkazib berish.
- Shikoyatlarni ko'rib chiqish va qoidabuzarliklarning oldini olish.
Ma'lumotlar kimga ko'rinadi
Buyurtma berganingizda ismingiz, telefon raqamingiz va yetkazib berish manzilingiz buyurtmani bajaradigan sotuvchiga ko'rsatiladi. Mahsulotlaringiz va sotuvchi sifatidagi ismingiz boshqa foydalanuvchilarga ko'rinadi. Ma'lumotlaringiz sotilmaydi va reklama uchun uchinchi shaxslarga berilmaydi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda ular vakolatli davlat organlariga taqdim etilishi mumkin.
Saqlash va o'chirish
Ma'lumotlar hisobingiz faol bo'lgan vaqt davomida saqlanadi. Akkauntni ilovadagi «Sozlamalar» bo'limidan o'chirishingiz mumkin. Shunda ism, telefon va Telegram ma'lumotlaringiz o'chiriladi, mahsulotlar, manzillar va saqlanganlar o'chib ketadi. Buyurtmalar tarixi buyurtmaning ikkinchi tomoni uchun saqlanib qoladi.
Bog'lanish
Savollaringiz bo'lsa, «Yordam va qo'llab-quvvatlash» sahifasi orqali murojaat qiling.